
Ko'pchilikka SHara Bullet nomi bilan tanilgan aralash yakkakurash ustasi Moskvada bo'lib o'tadigan RAF kurash ligasi turnirida braziliyalik Neyman Greysi bilan to'qnash keladi. Bellashuv avvaldan belgilanganidek, 5 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Dastlab Magomedovning raqibi rossiyalik Aleksandr SHlemenko bo'lishi kerak edi, biroq u sog'lig'i bilan bog'liq muammolar tufayli safdan chiqqan edi. Endi uning o'rnini Bellator va PFL ligalarida ishtirok etgan Neyman Greysi egallaydi.
Malumot uchun, SHara Bulletning professional MMA rekordida 17 ta g'alaba (shundan 12 tasi nokaut bilan) va bitta mag'lubiyat bor. Magomedov aralash yakkakurashlardagi professional faoliyatini 2017 yilning dekabr oyida boshlagan.
