
Gruziyalikning nafratidagi yakkakurash ustasi Umar Nurmagomedov va uning menejeri Rizvan Magomedov ekan. Merab aynan shu ikki kishiga nisbatan nafratini yashirmasligini malum qildi.
"Men Umarning oilasini, Nurmagomedovlar oilasini juda hurmat qilaman. Abdulmanap Nurmagomedov... U bilan tushgan suratlarim bor, ularni ko'p marta elon qilganman. Xabib Nurmagomedov, Islam Maxachev... Men bu jamoaning barchasini juda hurmat qilaman. Ko'p yillardan beri dog'istonlik ko'plab do'stlarim bor, ularga yaxshi munosabatdaman va barcha dog'istonliklarni, ayniqsa jangchilarni juda hurmat qilaman.
Dog'istondan menga yoqmaydigan yagona odamlar — bu Umar va uning ayyor menejeri. Uning ismi Rizvan. Keyinchalik bilishimcha, men tushunganimdek, aynan u Umarga [ijtimoiy tarmoq] Xda menga nisbatan hurmatsizlik qilishda, meni qo'rqitishda va har xil yomon, hurmatsiz narsalarni yozishda yordam bergan. Ular hatto mening mamlakatimni ham haqoratli kontekstda tilga olishdi. Bu Rizvan, uning ayyor menejeri, Gruziyada bo'lgan. U erda unga juda yaxshi munosabatda bo'lishgan, uni juda yaxshi kutib olishgan. Ammo shundan keyin ham u menga va mening mamlakatimga nisbatan hurmatsizlik qildi. U ayyor yigit.
Bular dog'istondan menga yoqmaydigan yagona ikki kishi. Men har doim halol bo'lganman. Agar kimdir menga yoqmasa, buni yashirishga urinmayman. Har doim haqiqatni aytaman. Men hammaga yoqishga urinmayapman. Menga sizlarning sevgingiz kerak emas. Men qanday bo'lsam, shundayman va o'zimni boshqacha ko'rsatmoqchi emasman. Men Umar haqida va u haqida nima deb o'ylashim haqida haqiqatni aytaman. Menimcha, uni erkalatib yuborishgan. U menga nisbatan hurmatsizlik qildi. Men g'azabdaman va bu menga og'riq beradi. Har safar imkon tug'ilganda, u menga nisbatan hurmatsizlik qiladi", — dedi Merab jurnalist Ariel Xelvani bilan bo'lgan intervyusida.

Merab Dvalishvili: "Men barcha dog'istonliklarni hurmat qilaman, faqat bir kishidan tashqari"
Rasman! Furqatbek Yoqubov Mangu Ligasining ilk chempionlik kamari uchun jang qiladi (POSTER)