SportUz.Tv

Rasman! Furqatbek Yoqubov Mangu Ligasining ilk chempionlik kamari uchun jang qiladi (POSTER)

25.08.2026 15:15    


Rasmni yuklab olish

26 sentyabr kuni poytaxtimizdagi "Humo arena" majmuasida MMA bo'yicha Mangu 5 turniri bo'lib o'tadi.

Tashkilotchilar musobaqaning markaziy jangini elon qilishdi.

Unga ko'ra, o'zbekistonlik tajribali aralash yakka kurash ustasi Furqatbek Yoqubov turnir asosiy bellashuvida Rossiya vakili Ramazan Gairbekov bilan to'qnash keladi.

Jang o'ta engil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun kechadi.

Malumot uchun, Yoqubov faoliyati davomida hozirgacha 22 ta jang o'tkazib, 18 ta g'alaba va 4 ta mag'lubiyat qayd etgan. Gairbekov hisobida esa 12 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: