
U o'z yutug'ini yana kamida uch marta yangilashni va uni potencial raqiblarning davolaridan himoya qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda irlandiyalik Yen Machado Gerriga qarshi jangdan so'ng uyiga qaytgan rossiyalik jangchi uni kutib olgan jurnalistlarga malum qildi.
"Buni abadiy rekord deb aytmagan bo'lardim. Kimdir ortimdan nafas olayapti, deb ham bo'lmaydi, lekin allaqachon o'nta g'alabaga erishgan jangchilar bor. Boshqa rekordlarga kelsak, chempionlik janglari bo'yicha rekord umuman olganda juda katta. Men chempionlik jangigacha o'nta jang o'tkazganman, bu rekord sohibi esa tashkilotdagi uchinchi yoki to'rtinchi jangidayoq chempionlik uchun kurashgan. SHuning uchun, kelgusida qanday rekordlar bo'lishini bilmayman, lekin mening vaznimda hozir chempionlikka juda yaxshi davogarlar bor va oldinda meni yana kamida uchta tomoshabop va og'ir jang kutib turibdi", – dedi UFC`ning vazn toifasidan qati nazar eng yaxshi jangchisi (P4P).
Eslatib o'tamiz, 16 avgust tongida Islam Maxachev Filadelfiyada bo'lib o'tgan UFC 330 turnirida Yen Machado Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, tashkilotdagi ketma-ket o'n ettinchi g'alabasini qo'lga kiritgandi. Uning navbatdagi raqibi, katta ehtimol bilan, braziliyalik nokautchi Karlos Prates bo'ladi.

Mirafzal Axtamov va yana ikki vakilimiz Dubaydagi MMA turnirida ishtirok etadi + POSTER