
Neapolliklar chempionatning 33-turi doirasida "Udineze" mehmoni bo'lib, bir ochko qo'lga kiritdi. SHunga qaramay, durang natija ham klubning 33 yillik tanaffusdan so'ng muddatidan avval chempion bo'lishini taminladi. Ayni damda "Napoli" ikkinchi o'rindagi "Lacio"dan 16 ochko oldinda bormoqda. A Seriyaning yakunlanishiga esa besh tur qoldi.

Udineze – Napoli 1:1
Gollar: 1:0 – 13 Lovrich, 1:1 – 52 Osimxen.
Udineze – Silvestri, Exizibue (Ebosele, 82), Rodrigo Bekao, Peres, Biyol, Udodji (Zegelar, 74), Pereyra, Uolas, Lovrich (Arslan, 78), Samardjich (Toven, 82), Nestorovski.
Napoli – Meret, Di Lorenco, Rraxmani, Kim Min CHje, Olivera, Lobotka, Zambo-Angissa, Ndombele (Zelinski, 64), Elmaz, Kvaracxeliya (Losano, 86), Osimxen.
Ogohlantirishlar: Exizibue (17).



TURNIR JADVALI
Karlos Ulberg yarim og'ir vazn toifasi uchun saralash turniri o'tkazishni taklif qildi
Maxachev - Garri bilan jangiga tayyorgarlik haqida: "Juda ko'p yugurishga to'g'ri kelyapti"