SportUz.Tv

U-20 JCH. Guruhdoshimiz Argentina o'rtoqlik o'yinida Osiyo jamoasini mag'lub etdi

17.05.2023 11:23    


Rasmni yuklab olish

Musoqaba mezbonlari mundial oldian so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Xaver Maskerano qo'l ostidagi Argentina terma jamoasi 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasida jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Yaponiya bilan nazorat uchrashuvida maydonga tushdi va 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

"Ko'k-oqlar" tarkibida Matias Sule va Valentin Barko "samuraylar" darvozasini ishg'ol qilgan.

Eslatib o'tamiz, Argentina turnirdagi ilk uchrashuvini O'zbekistonga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 21 may kuni Toshkent vaqti bilan tungi 2:00 da start oladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: