SportUz.Tv

"Mino Rayola, biz buni uddaladik! Sayohat tugadi" - Ibragimovich

17.06.2023 14:00    


Rasmni yuklab olish

Ibragimovich faoliyatini yakunlaganidan keyin muxlislarga murojaat qildi.

"Hammasi orzu bilan boshlandi. Imkonsizni imkonga aylantirgan orzudan.

Men Malmyoda tug'ildim. Amsterdamda o'sib-ulg'aydim. Turinda donolikka erishdim. Barselonada sherga aylandim. Milanda ulg'aydim. Va Parijda yangi istiqbollarni kashf qildim. Manchesterda yanada kuchayib, Los-Anjelesda dam oldim. Va nihoyat, Milandagi yangi uyimda tinchlik topdim.

Meni sizlar yaratdingiz. Men ortda qoldirishni umid qilayotgan meros esa men yaratgan barcha yangi Zlatanlardir. SHer qalbiga ega bo'lganlarning hammasi. Ko'zlarida olov borlarning hammasi. Hech narsa imkonsiz emasligini chin dildan tushunadiganlarning barchasi.

Hamma uchun rahmat.

Mino Rayola, biz buni uddaladik! Sayohat tugadi. Bu ajoyib edi. Seni sog'inaman", – deb yozdi Zlatan Ibragimovich Instagram'da.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: