SportUz.Tv

Luis Suares sog'lig'idagi muammolar sababli faoliyatini yakunlamoqchi

21.06.2023 10:00    


Rasmni yuklab olish

“Gremio” futbolchisi Luis Suares faoliyatini yakunlamoqchi.

U allaqachon Braziliya jamoasining rahbariyatiga ushbu masala bo'yicha ogohlantirib qo'ydi. Luis tizzasidagi jarohat sababli boshqa futbol o'ynay olmasligi mumkin. Braziliya jamoasi 36 yoshli futbolchini qarorini hurmat qilishini malum qildi. 

Biroq, agar urugvaylik futbolchi “Gremio”dan ketib, boshqa jamoaga o'tadigan bo'lsa, katta tovon pulini olmoqchi. Luis Suares “Gremio”ga o'tgan yili kelgandi. Uning jamoa bilan 2024 yilga qadar shartnomasi bor. O'tgan mavsumda futbolchi 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: