SportUz.Tv

Tonali "Milan"dan ketishi haqida gapirdi

09.07.2023 19:46    


Rasmni yuklab olish

Yaqindagina "Nyukasl"ga o'tgan Sandro Tonali "Milan"dan ketishi haqida gapirdi.

"Milan"da ajoyib sarguzashtlarni boshdan kechirdim, ECHLda yarim finalgacha bordik. Birinchi yilimizda A Seriya bosh sovrini uchun kurashdik, ikkinchi yili esa qo'lga kiritdik, uchinchi yili esa buni uddalay olmadik. ECHLda uzoq yo'lni bosib o'tdik. "Milan"ga o'tishimda yordamlashgan insonlar keyingi faoliyatimda ham asosiy ko'makchi bo'lishdi.

"Milan"dan ketish juda qiyin ish bo'ldi, professional faoliyatim davomida bunday qiyin qarorga kelmaganman. Bu og'ir bo'ldi, biroq biror kun baribir ketishim kerak bo'lardi", - dedi futbolchi.

Tonali 2020 yil yozida "Milan"ga o'tgandi. 23 yoshli futbolchi yaqindagina 70 mln evro evaziga "Nyukasl"ga transfer qilindi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: