SportUz.Tv

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Toshkentda Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi

20.07.2023 12:00    


Rasmni yuklab olish

Timur Kapadze boshchiligidagi O'zbekiston olimpiya terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida ishtirok etadi.

Ushbu o'rtoqlik uchrashuvi 13 oktyabr sanasida Toshkent shahrida o'tkaziladi.

13 oktyabr

O'zbekiston – Ispaniya  

Malumot o'rnida, Ispaniya 2002 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat  terma jamoa bilan yurtimizga keladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya termasi sentyabr oyida U-23 Osiyo Kubogi saralashida qatnashadi. O'zbekiston "E" guruhidan joy olgan va Eron, Gonkong hamda Afg'oniston termalariga qarshi o'ynaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: