SportUz.Tv

"Tottenxem" Eron terma jamoasi hujumchisiga qiziqish bildirmoqda

05.08.2023 16:46    


Rasmni yuklab olish

"Tottenxem" klubi "Portu" hujumchisi Mehdi Taremiga qiziqyapti.

Manbaga ko'ra, klublar taniqli agent Jorje Mendesh orqali amalga oshirilishi mumkin bo'lgan transfer borasida aloqaga chiqqan. Ingliz klubi eronlik futbolchi uchun 24 million evro taklif qilishga tayyor, "Portu" esa 30 million evro talab qilmoqda.

Hujumchi o'tgan mavsum Portugaliya jamoasi safida Primeyrada 33 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urgan.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: