SportUz.Tv

PSJning asosiy futbolchisi jamoada qolishi mumkin

06.08.2023 19:00    


Rasmni yuklab olish

"L'Equipe" xabariga ko'ra, Marko Verrattining Saudiya Arabistoniga ketish ishlari barbod bo'lishi mumkin.

Iyul oyida Fabricio Romano tomonidan Marko Verrattining PSJdan "Al Hilol"ga o'tishi mumkinligi borasida malumotlar tarqagandi.

Biroq klublar o'zaro kelisha olishmadi. Franciya klubi 30 yoshli futbolchisini qo'yib yuborishni istamayotganini malum qilgan.

"L'Equipe" nashri futbolchining Parijda qolishi ehtimoli yuqoriligini malum qildi. Jamoa bosh murabbiyi Luis Enrike ushbu futbolchisining asosiy rolda bo'lishini va shu sababli uni ketkazib yuborilmasligini so'ragan.

Verratti PSJ tarkibida 416 o'yinda qatnashib, 11 gol va 61 assist qayd etgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: