SportUz.Tv
iks
ads

Rasman: Romeo Lavia - "CHelsi" futbolchisi

18.08.2023 16:23    


Rasmni yuklab olish

Londonning "CHelsi" klubi "Sautgempton"dan belgiyalik yarim himoyachi Romeo Laviani sotib oldi.

19 yoshli futbolchi 7 yillik shartnomaga imzo chekdi va Maurisio Pochettino jamoasi tarkibini yanada kuchaytirdi.

Klubning sport direktorlari Lorens Styuart va Pol Uinstenli ushbu transfer haqida quyidagicha fikrda: "Biz Romeoni "CHelsi"da ko'rishdan juda mamnunmiz. U Premer-liganing o'tgan mavsumida "Sautgempton" safida mahoratini namoyish qila oldi, hali yosh bo'lishiga qaramay, Lavia o'ta sovuqqon va aqlli futbolchi. Biz malum vaqt davomida uni kuzatib bordik va jamoamizga taklif qildik".

"Fikrimizcha, u hoziroq va keyingi bir necha yilda "CHelsi" o'yiniga katta tasir ko'rsata oladi".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: