SportUz.Tv

Bonuchchi "Union"ga o'tishga tayyor

24.08.2023 18:23    


Rasmni yuklab olish

"Yuventus" himoyachisi Leonardo Bonuchchi "Union"ga o'tishga shay.

Bu haqda Nikolo Skira xabar berdi. 

Avvalroq 36 yoshli italiyalik nemis klubi taklifi bo'yicha qaror qabul qilish uchun bir necha kun o'ylab ko'rgani haqida xabar berilgandi.

"Yuventus" shu yilning yozida Bonuchchini asosiy tarkibdan chiqarib tashlagani va himoyachiga yangi klub izlashi mumkinligini malum qilgandi.

Bonuchchi "Yuventus"da 2018 yildan beri to'p tepadi. U avvalroq 2010 yildan 2017 yilgacha jamoada o'ynagan. Butun vaqt davomida jamoa uchun 502 ta o'yin o'tkazib, 37 gol urgan va 10 golga assistentlik qilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: