SportUz.Tv

KONKAKAF mintaqasidan Amerika Kubogi-2024 turniri yo'llanmasi uchun o'ynaydigan juftliklar malum bo'ldi

19.10.2023 10:46    


Rasmni yuklab olish

Mayamida KONKAKAF millatlar ligasining 1/4 finaliga qura tashlandi.

Ushbu bosqichda g'olib chiqqan jamoalar 2024 yili o'tkaziladigan Amerika Kubogida qatnashish huquqini qo'lga kiritadi. 

Unga ko'ra, juftliklar quyidagicha ko'rinish oldi: 

Meksika — Gonduras;

SSHA — Trinidad va Tobago;

Kanada — Yamayka;

Kosta-Rika — Panama.

O'yinlar 16-17 va 20-21 noyabr kunlari uy-safar tizimida o'tkaziladi. 

Juftliklarda mag'lub bo'lgan 4 ta jamoa kelasi yili mart oyida yana 2 ta yo'llanma uchun kurashish imkoniga ega bo'ladi. 

Amerika kubogida umumiy hisobda 16 ta jamoa ishtirok etadi. Ularning 10 tasi Janubiy Amerikadan, 6 tasi esa KONKAKAF mintaqasidan bo'ladi. Musobaqa 20 iyun - 14 iyul kunlari AQSHda tashkil etiladi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: