SportUz.Tv

13 nafar o'zbekistonlik hakam OCHL 4-turida ishlaydi

25.10.2023 15:23    


Rasmni yuklab olish

Osiyo CHempionlar Ligasining 4-tur bahslariga O'zbekistondan 11 nafar hakam hamda 2 nafar hakamlar nazoratchisi tayinlov oldi.

Bosh hakamlardan Ahrol Risqullaev va Ilgiz Tantashev, yordamchi hakamlardan Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Andrey Capenko va Timur Gaynullin, shuningdek, video assistentlar orasidan Abdurashid Xudoyberganov, Aziz Asimov, Firdavs Norsafarov hamda Rahimbek Karimov tayinlov olgan. 

Etiborlisi, shu tur bahslaridan boshlab o'zbekistonlik nazoratchilar ham OFK tomonidan jalb etilishni boshladi. 2 nafar instruktor Vladislav Ceytlin va Valentin Kovalenko navbatdagi tur bahslarida ishlashi ko'zda tutilgan. Quyida ular boshqaradigan uchrashuvlar malumotlari bilan tanishing:


Osiyo CHempionlar Ligasi. 4-tur

"E" guruhi 

07.11.2023 | 23:00

"Al Duhayl" – "Al Nassr"

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Rustam Lutfullin, Firdavs Norsafarov


"J" guruhi

08.11.2023 | 17:00

"Hanoi" – "Uxan"

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Sanjar SHoyusupov, Alisher Usmonov, Aziz Asimov, Abdurashid Xudoyberganov


"H" guruhi

08.11.2023 | 14:00

"Melburn Siti" – "Buriram Yunayted"

Bosh hakam: Rahimbek Karimov 


"A" guruhi 

06.11.2023

"Jabal Al Mukaber" – "Al Ahed"

Nazoratchi: Valentin Kovalenko


"F" guruhi

08.11.2023 | 15:00

"Lion Siti" – "CHonbuk Xyunday"

Nazoratchi: Vladislav Ceytlin



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: