
Keyn Bundesligada dastlabki 10 ta o'yinida 15 ta gol urib, 1963 yili «SHalke» futbolchisi Klaus Matishak tomonidan o'rnatilgan rekordni (10ta bahsda 13ta gol) yangiladi.
Xarri Keyn qatorasiga ikkinchi o'yinda xet-trikka erishdi. Keyn Bundesliga to'purarlari poygasida Girassini (14) ortda qoldirdi. Keyn bu mavsumda «Bavariya» safida jami 14 ta o'yinda 24 ochko (17+7) to'pladi.
