SportUz.Tv

Luis Suares 19 daqiqa ichida xet-trik qayd etdi

10.11.2023 14:46    


Rasmni yuklab olish

Braziliya A Seriyasi 33-turi doirasida "Gremio" klubi safarda "Botafogo" jamoasini 4:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

"Gremio" hujumchisi Luis Suares ushbu bahsda xet-trik qayd etdi. Uchta gol urish uchun urugvaylikka 19 daqiqa etarli bo'ldi. Forvard 50, 54 va 69-daqiqalarda to'pni raqib darvozasiga aniq yo'lladi.

Bu Suaresning "Gremio" safidagi ikkinchi xet-triki. Avvalgisi yanvar oyida klub safidagi debyut uchrashuvda yuz bergandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: