SportUz.Tv

"Real" himoyachisi yil oxirigacha safdan chiqdi

05.12.2023 19:00    


Rasmni yuklab olish

"Real" himoyachisi Daniel Karvaxal yil so'ngiga qadar maydonga tushmaydi, deya xabar berdi Fabricio Romano.

31 yoshli Karvaxalning mushak jarohati mavjud. Tiklanish uchun 3-4 hafta kerak bo'ladi. Himoyachi 2024 yilning 10-14 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan Ispaniya Superkubogida o'ynashga tayyor bo'lishi kutilmoqda.

Karvaxal joriy mavsum "Real" safida 17 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: