SportUz.Tv

"Yuventus" Myuller erkin agentga aylanganida uni safiga qo'shib olmoqchi

07.12.2023 15:00    


Rasmni yuklab olish

Bu haqda "Sport Bild" xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, Turin klubi rahbariyati futbolchining shartnomasini uzaytirish bilan bog'liq vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda. Myuller yangi shartnoma imzolashdan bosh tortsa, "Yuve" uni erkin agent sifatida qo'lga kiritishga harakat qiladi.

Oldinroq germaniyalik futbolchiga "Milan" qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Myuller butun faoliyati davomida "Bavariya"da o'ynagan. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi.

Futbolchi joriy mavsum Bundesligada 10 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli pas uzatdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: