SportUz.Tv
iks
ads

Anri APLning eng yaxshi himoyachisi kimligini aytdi

07.12.2023 18:00    


Rasmni yuklab olish

Francuz "kanonirlar"dan birini qayd etdi.

"Arsenal" sobiq futbolchisi Terri Anri "kanonirlar" vakili  Uilyam Salibani APLning eng yaxshi himoyachisi deb atadi.


"Menimcha, u hozir eng yaxshisi. U yakkama-yakka holatda yaxshi himoyalanadi, orqasidagi bo'sh joyni qoplaydi – barchasini eng yuqori darajada bajaradi. Uilyam "Marsel"da ijara asosida o'ynayotganida men Franciyada ishlayotgandim, o'shanda "Arsenal" uni o'zida saqlab qolmaganidan hayron bo'lgandim.

O'sha paytda u allaqachon "Arsenal"ning eng yaxshi himoyachisi edi. U qaytib keldi va bu xato ekanligini hammaga ko'rsatdi. Endi u liganing eng yaxshi himoyachisi", – dedi franciyalik ekspert.

22 yoshli markaziy himoyachi joriy mavsum barcha turnirlarda 21 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: