
"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Bundesliganing 16-turida bo‘lib o‘tgan «Volfsburg»ga qarshi o‘yinda (2:1) g‘alaba to‘pini kiritdi.
Angliyalik futbolchining joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida urgan gollari soni 25 taga yetdi. Keyn faoliyati davomida sakkizinchi marta bir mavsumda kamida 25 ta gol urishga muvaffaq bo‘lmoqda.
Xarrining bir mavsumda urgan gollari soni bo‘yicha rekordi mavsum-2017/18da o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda u "Totenxem" safida 48 ta o‘yinda maydonga tushib, 41 gol muallifiga aylangan.
Los-Anjeles-2028: XOQ World Boxing tomonidan taqdim etilgan saralash tizimini tasdiqladi
Ramazon Temirovning UFC'dagi keyingi raqibi kim bo'lishi haqida malumotlar paydo bo'ldi