SportUz.Tv

Dmitriy Bivol Ekaterinburgda Maykl Ayfertni mag'lub etdi

31.05.2026 13:36    


Rasmni yuklab olish

Kecha, 30 may kuni Ekaterinburg shahridagi UGMK-Arena majmuasida RCC Boxing Promotions tashkiloti tomonidan professional boks oqshomi o'tkazildi.

Turnirning markaziy jangida yarimog'ir vazndagi sobiq mutlaq jahon chempioni, rossiyalik Dmitriy Bivol IBF yo'nalishi bo'yicha majburiy davogar, germaniyalik Maykl Ayfertga qarshi ringga ko'tarildi.

Jangda IBF va WBA kamarlari o'rtaga qo'yilgan edi. To'qnashuv to'liq 12 raund davom etdi va yakunda Bivol hakamlarning bir ovozdan qabul qilingan qarori (120-107, 120-107, 120-107) bilan g'alaba qozonib, chempionlik kamarlarini himoya qildi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: