SportUz.Tv

Oston O‘runov Eron Pro ligasining eng qimmatbaho futbolchisi deb topildi

24.12.2024 22:48    


Rasmni yuklab olish

Transfermarkt portali Eron Pro ligasining eng qimmatbaho o‘yinchilari reytingini yangiladi.

Reytingga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar Oston O‘runov v Jaloliddin Masharipov “kuchli uchlik”da.

Jumladan, “Persepolis” klubi vingeri Oston O‘runovning transfer bahosi o‘zgarishsiz – 2,5 mln yevroni tashkil etmoqda. Ikkinchi o‘rindan “Persepolis”ning yana bir vakili Husseyn Ka’noniy 2 mln yevro narx bilan joy olgan.

Uchinchi o‘rinni esa o‘zbekistonlik yana bir futbolchi Jaloliddin Masharipov egallagan. “Istiqlol” sharafini himoya qilayotgan o‘zbekistonlik futbolchining transfer bahosi 1,8 mln yevroga yetgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: