SportUz.Tv

Keyn Yevropa top-ligalarida xet-triklar soni bo‘yicha top-10 talikka kirdi

21.09.2025 14:12    


Rasmni yuklab olish

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn Germaniya chempionatining 4-tur uchrashuvida uchta gol urdi. Angliyalik forvard o‘z jamoasiga «Xoffenxaym»ni 4:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratishda yordam berdi.

Keyn hisobida Bundesligada «Bavariya» uchun 67 uchrashuvda 9 ta xet-trik mavjud. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha u klub tarixida top-3 talikka kirdi va 310 o‘yin o‘tkazgan Karl-Xayns Rummenigge bilan tenglashdi.

Keyndan yuqori o‘rinlarda Robert Levandovski (14) va Gerd Myuller (32 xet-trik) joylashgan.

Stat Muse ma’lumotiga ko‘ra, Keyn Yevropa top-5 ligalarida 17 ta xet-trik bilan eng yaxshilar top-10 taligiga kirdi va Luis Suaresni (16) ortda qoldirdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: