SportUz.Tv

«Frayburg» darvozaboni Bundesligada tarixiy rekord o‘rnatdi

21.09.2025 16:12    


Rasmni yuklab olish

«Frayburg» posboni Noa Atubolu 2025/26 yilgi Germaniya Bundesligasi 4-turida «Verder»ga qarshi bahsda penaltini qaytardi. Uchrashuvda Frayburg-im-Braysgau klubi safarda Bremen jamoasini 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Statistik portal "Opta Sport" xabar berishicha, bu voqea Bundesliga tarixida darvozabonlar uchun rekord sifatida qayd etildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 23 yoshli kelib chiqishi nigeriyalik bo‘lgan darvozabon Atubolu Bundesligada ketma-ket beshta penaltini qaytargan. Bu Germaniya chempionati tarixida mutlaq rekord hisoblanadi.

Atubolu — «Frayburg» tarbiyalanuvchisi. U klubning asosiy jamoasi safida 80 o‘yin o‘tkazib, 120 ta gol o‘tkazib yuborgan. Shu bilan birga, uning hisobiga 28 ta «quruq» o‘yin ham yozilgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: