SportUz.Tv

Xansi Flik Chempionlar ligasining bitta o‘yinida jamg‘arilgan o‘rtacha ochko bo‘yicha murabbiylar ro‘yxatiga yetakchilik qilmoqda

23.01.2026 23:48    


Rasmni yuklab olish

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik UEFA Chempionlar ligasida bitta o‘yin uchun o‘rtacha ochko ko‘rsatkichi eng yuqori bo‘lgan murabbiyga aylandi. Uning ko‘rsatkichi — 2,32 ochko.

Ikkinchi o‘rinda nemis mutaxassisi Yupp Xaynkes joy olgan. U «Bavariya», «Bayer» va Madridning «Real» jamoasi kabi qator klublarni boshqargan. Xaynkesning o‘yin uchun o‘rtacha ochko ko‘rsatkichi 2,26 ni tashkil etadi.

Uchinchi pog‘onani «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta 2,16 ochko bilan egallab turibdi.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlar hozirda «Manchester Siti»ni boshqarayotgan Xosep Gvardiola hamda 2003–2008 yillarda «Barselona»ni boshqargan Frank Raykardga tegishli. Ularning har ikkisida ham o‘yin uchun o‘rtacha ko‘rsatkich — 2,05 ochko.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: