
"Hozircha men yana kimnidir mag'lub etish qanchalik ajoyib bo'lishini o'ylayapman", - deb yozdi 39 yoshli amerikalik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Jon Jonsning so'nggi jangi 2024 yilning noyabr oyida bo'lib o'tgan. O'shanda u og'ir vazn toifasida UFC chempionlik kamarini Stipe Miochichga qarshi muvaffaqiyatli himoya qilgan va uchinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozongan edi.
SHundan so'ng Jons Tom Aspinallga qarshi birlashtiruvchi chempionlik jangidan bosh tortdi, o'z kamarini vakant, yani egasiz qoldirdi. Keyin esa Oq uydagi turnirda Aleks Pereyra bilan jang qilish taklifini 15 million dollar gonorarni etarli emas deb topgani uchun rad etdi.
SHu bilan birga, UFC rahbari Dana Uayt Jon Jonsning oktagonga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javoban, u professional faoliyatini yakunlaganini doimo takidlab keladi.

Qozog'iston bilan birga Hindiston ham UFC turniriga ilk bor mezbonlik qilishi mumkin