SportUz.Tv

Umar Nurmagomedov Abu-Dabidagi hodisaga ilk bor izoh berdi

23.11.2026 18:27    


Rasmni yuklab olish

Abu-Dabida Merab Dvalishvili bilan janjalda olti nafar rossiyalik qatorida qo'lga olingan Umar Nurmagomedov Rossiyaga qaytganidan so'ng voqeylikka munosabat bildirdi.

"Lico so shramom" filmidagi gangster Toni Montanadan iqtibos keltirgan Usman Nurmagomedovdan farqli o'laroq, UFC`ning o'ta engil vazn toifasida chempionlik kamariga sobiq davogar neytral uslubni tanlab, umumiy iboralar bilan cheklandi.

"Har bir inson hayotida qiyinchiliklarga duch keladi. Bizni faqat ularga qanday dosh berishimiz belgilaydi", - deb yozdi rossiyalik jangchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

30 yoshli Umar Nurmagomedov uchun 2026 yil oson kechmadi. Dvalishvili bilan bo'lib o'tgan, deyarli yarim yillik qamoq bilan tugashi mumkin bo'lgan hodisadan tashqari, avgust oyida rossiyalik professional faoliyatidagi ilk muddatdan oldingi mag'lubiyatini qabul qildi. U SHanxaydagi UFC turnirida xitoylik Song Yadongga og'ir nokaut bilan yutqazdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: