SportUz.Tv

Klublar o‘zi tarbiyalangan futbolchilari sotuvidan qancha daromad topgani aniq bo‘ldi — CIES

07.04.2026 09:12    


Rasmni yuklab olish

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES) ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klublari so‘nggi 10 yil davomida o‘z tarbiyalanuvchilarini sotishdan 4,37 milliard yevro daromad topgan.

Bu borada ikkinchi pog‘onani Fransiya egallagan bo‘lsa, Ispaniya kuchli uchlikka kirdi. Shuningdek, Braziliya va Italiya klublari bu borada top-5 ga kirdi.

Turli mamlakatlar klublarining o‘z tarbiyalangan futbolchilari sotuvidan 10 yil ichidagi daromadi (CIES ma’lumotiga ko‘ra):

1. Angliya — €4,37 mlrd
2. Fransiya — €3 mlrd
3. Ispaniya — €2,28 mlrd
4. Braziliya — €2,24 mlrd
5. Italiya — €1,76 mlrd
6. Germaniya — €1,64 mlrd
7. Portugaliya — €1,55 mlrd
8. Rossiya — €0,17 mlrd

UYEFA mezonlari bo‘yicha tarbiyalangan futbolchilarga klublar strukturasida 15 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan va uch yildan ortiq faoliyat yuritgan barcha futbolchilar kiritiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: