SportUz.Tv

CHimaev Striklendning "tresh-tok"lari haqida: "Cirkdagi masxaraboz"

30.04.2026 09:03    


Rasmni yuklab olish

O'rta vazn toifasida UFC chempioni Xamzat CHimaev kelasi hafta SHon Striklendga qarshi kechadigan jangda o'z kamarini himoya qiladi.

BAA sharafini himoya qilayotgan Xamzat amerikalik raqibiga nisbatan shaxsiy adovatni his etmaydi va SHonning o'ziga qarshi aytayotgan gaplarini jiddiy qabul qilmaydi.

"Cirkka borsang, u erda masxaraboz o'ynasa, senda qanday reakciya bo'lishi kerak? Do'stlarim SHonga yaqin borishdi, u esa ularga: "Birodarlar, men jang qilmoqchiman" dedi. Men soxta odamlarni yoqtirmayman. Haqiqiy bo'lish kerak. To'g'risini aytsam, uning nima qilgani yoki qilmagani menga baribir. Men qafasga chiqib, mushtlashishim, pullarimni olib, uyga uchib ketishim, oilam bilan birga bo'lishim, onamni ko'rishim kerak", - dedi mag'lubiyatsiz CHimaev.

SHu bilan birga, Striklend ilgari bir zalda mashq qilgan CHimaev bilan dushmanligi soxta emas, balki haqiqiy ekanligini takidlaydi.

"Drikus meni kaltaklaganida, uning qo'lini ko'tarib: "Ahmoq, sen meni kaltaklading, dedim, ammo Xamzat bilan biz o'lgunimizcha dushman bo'lib qolamiz", - dedi amerikalik ochiq mashg'ulotdan keyin jurnalistlar bilan bo'lib o'tgan suhbatda.

Xamzat CHimaev va SHon Striklend o'rtasida o'rta vazn toifasidagi chempionlik jangi 9 may kuni Nyuarkda bo'lib o'tadigan UFC 328 turnirining asosiy voqeasi bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: