SportUz.Tv

Sofascore talqiniga ko‘ra Fransiya chempionatining ramziy terma jamoasi e’lon qilindi

19.05.2026 06:48    


Rasmni yuklab olish

Mashhur statistik portal Sofascore Fransiya Liga 1 2025/2026 yilgi mavsumining eng yuqori o‘rtacha bahosini olgan futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.

Mavsum ramziy terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Erve Koffi («Anje») — 7,35.

Himoyachilar: Malang Sarr («Lans») — 7,21; Lukas Beraldo («PSJ») — 7,25; Ayssa Mandi («Lill») — 7,24.

Yarim himoyachilar: Vitinya («PSJ») — 7,21; Valentin Ronjye («Renn») — 7,21; Bredli Barkola («PSJ») — 7,21; Ilan Kebbal («Parij») — 7,39; Floryan Toven («Lans») — 7,23; Aron Dyonnum («Tuluza») — 7,20.

Hujumchi: Meyson Grinvud («Marsel») — 7,37.

Fransiya chempioni esa «Pari Sen-Jermen» bo‘ldi. Luis Enrike boshchiligidagi jamoa 34 ta o‘yinda 76 ochko to‘pladi. Ikkinchi o‘rinni 70 ochko bilan «Lans» egalladi. Top-4 dan shuningdek, «Lill» (61) va «Lion» (60) ham joy oldi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: