SportUz.Tv
iks
ads

Xamann Kloppning "Bavariya"dagi Keynning roli haqidagi so‘zlariga baho berdi

23.10.2026 15:48    


Rasmni yuklab olish

Germaniya terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Ditmar Xamann Yurgen Kloppning Xarri Keynning "Bavariya"dagi roli haqidagi fikriga munosabat bildirdi.

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi shunday degan edi: "Keynni yarimhimoyada, pressing hududida ko‘rganimda... Men uchun bu... Men futbolning Rim papasi emasman, ammo bu qarorning mantig‘ini tushunmadim".

"Yurgen Klopp Xarri Keynning "Bavariya" o‘yinidagi rolini tushunmayotganini aytdi. Klopp bu gapi bilan tanqid qilishni nazarda tutganmi yoki yo‘qmi, bilmayman.

Keyn o‘z vazifalariga kirmaydigan ishlarni ham bajarmoqda. Vensan Kompani ham o‘tgan mavsumda Keynni raqib jarima maydonida ko‘proq ko‘rishni xohlashini aytgan edi.

Savol shundaki, agar hujumchingiz vaqtinng katta qismini yarimhimoyada yoki hatto undan ham orqaroqda, o‘z jamoasining himoya chizig‘iga yaqin hududda o‘tkazsa, raqib himoyasiga kerakli darajada bosim o‘tkazish mumkinmi?

Ismael Saybari ham "Arsenal"ga qarshi o‘yinda hujumning eng oldingi chizig‘ida kamdan-kam ko‘rindi. Shu sababli jamoaga oldingi chiziqda futbolchining yetarli darajada ishtirok etishi yetishmadi.

Bundesligada bunday yondashuv, ehtimol, ish berishi mumkin. Ammo xalqaro maydonda ham samara beradimi — buni bilmayman", — dedi Ditmar Xamann.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: