SportUz.Tv
iks
ads

O‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi: Yamal — ikkinchi, Kvarasxeliya — beshinchi, Messi — oltinchi, Ronaldu — 33-o‘rinda

24.10.2026 00:24    


Rasmni yuklab olish

Marca nashri 2025/2026 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qildi. Reyting dunyoning turli mamlakatlaridan 200 nafardan ziyod sobiq futbolchi, jurnalist va tahlilchi ishtirok etgan ovoz berish natijalari asosida tuzilgan.

Birinchi o‘rinni «Bavariya» va Angliya terma jamoasi hujumchisi Harri Keyn egalladi. Ikkinchi pog‘onadan «Barselona» va Ispaniya terma jamoasi vingeri Lamin Yamal joy oldi. Kuchli uchlikka esa «Real» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe yakun yasadi.

Keyingi o‘rinlarda Rodri, Xvicha Kvarasxeliya, Lionel Messi, Fabian Ruis, Maykl Olise, Usmon Dembele va Pau Kubarsi joylashdi.

Portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu reytingda 33-o‘rinni egalladi.

Jami 100 nafar futbolchi o‘rin olgan ro‘yxatning 99-pog‘onasidan esa «Krasnodar»ning sobiq sardori Eduard Spersyan joy oldi.

Marca nashri talqiniga ko‘ra, 2025/2026 yilgi mavsumning kuchli o‘nligi:

  1. Harri Keyn («Bavariya»)

  2. Lamin Yamal («Barselona»)

  3. Kilian Mbappe («Real»)

  4. Rodri

  5. Xvicha Kvarasxeliya

  6. Lionel Messi

  7. Fabian Ruis

  8. Maykl Olise

  9. Usmon Dembele

  10. Pau Kubarsi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: