
Angliya Premyer Ligasining 8-turidan o‘rin olgan “Aston Villa” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv birmingemliklarning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov to‘liq 90 daqiqa harakat qildi. Sofascore portali himoyachining o‘yindagi harakatlarini 7,4 ball bilan baholadi.
Husanov o‘yin davomida jami 92 marta to‘pga tegindi. U jami 66 ta uzatmaning 59 tasini aniq amalga oshirdi (89 foiz aniqlik). E’tiborli jihati, Husanovning o‘z maydonchasidagi uzatmalari aniqligi 86 foizlik ko‘rsatkichni tashkil etdi (22 tadan 19 ta aniq). Shuningdek, raqib maydonchasiga amalga oshirilgan 44 ta uzatmadan 40 tasi (91 foiz) o‘z manziliga yetib bordi.
E’tiborlisi shundaki, ushbu yuqori ko‘rsatkich evaziga Husanov “Manchester Siti” himoyachilari orasida eng yaxshisi bo‘ldi (taqqoslash uchun: Mark Gexi — 5,8, Ruben Diash — 6,6, Yoshko Gvardiol — 6,5).
Abduqodir Husanovning himoyadagi ko‘rsatkichlari quyidagicha:
- Himoyadagi harakatlar: 16 marta;
- To‘pni muvaffaqiyatli olib qo‘yish: 5 marta;
- Raqib uzatmasini to‘xtatib qolish: 2 marta;
- Zarbalarni to‘sish: 1 marta;
- Yerdagi kurashlar: 15 marta (11 tasi muvaffaqiyatli);
- Havodagi yakkakurashlar: 1 marta (0 tasi muvaffaqiyatli).

Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb o‘yinda dubl muallifiga aylangan “Aston Villa” hujumchisi Nikolas Jekson topildi — 9,5 ball. “Manchester Siti”ning yagona goliga mualliflik qilgan Erling Holandning harakatlari esa 7,9 ball bilan baholandi.