SportUz.Tv

2017 yildan buyon La Ligada uzoq masofadan gol uriş böyiça Valverdedan faqat ikki futbolçi ustun

08.11.2026 10:12    


Rasmni yuklab olish

«Real» yarim himoyaçisi Federiko Valverde yana bir bor uzoq masofadan yöllagan zarbasi orqali raqib darvozasini işğol qildi.

Urugvaylik futbolçi şanba kuni «Valensiya»ga qarşi bahsda (3:0) hisobni aynan jarima maydoni taşqarisidan yöllagan zarbasi bilan oçdi.

Valverdening La Ligadagi 26 ta golidan 16 tasi jarima maydoni taşqarisidan kiritilgan. Jurnalist MisterChip ma’lumotiga köra, urugvaylik futbolçi 2017 yil sentyabr oyida Ispaniya çempionatidagi debyutidan buyon uzoq masofadan gol uriş böyiça faqat Lionel Messi (34) va Yago Aspasdan (20) ortda qolmoqda.

Şuningdek, Valverde «Real» safida barça musobaqalarda 387 ta uçraşuvda iştirok etib, öz hisobida 44 ta gol va 46 ta golli uzatmani jamğargan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: