
«Olimpik» klubi ustozi Temur Kapadze Superligada avgust oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.
Kapadze qo‘l ostidagi «olimpiyachilar» o‘tgan oydagi 4 ta o‘yinda 2 ta g‘alaba va 2 ta durang qayd etdi. To‘plar nisbati esa 8:2 ni tashkil qildi.
Eng yaxshi murabbiy nomi uchun Temurga Davron Fayziyev («Qo‘qon-1912») va Samvel Babayan («Navbahor») raqobatchi bo‘lgandi.
Kapadze iyun (iyul) oyida ham ushbu nomga loyiq ko‘rilgandi.
Aprelda Mirjalol Qosimov (AGMK), may oyida esa Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf») eng yaxshi murabbiy deb topilgandi.
"Bundan xursand bo'laman". Dmitriy Bivol Beterbiev bilan trilogiyani kutayotganini aytdi
Magomed Ankalaev UFC unga qanday holatda chempionlik kamari uchun jang berishini aytdi
Masvidal UFC tashkil qilishi mumkin bo'lgan "eng shov-shuvli jang" qaysi ekanligini aytdi