
"Mard o'g'lon" davlat mukofoti sovrindori hisoblangan Isroil Madrimov “Havaskor va professional bokschilarning o'ziga xos individual xususiyatlari” mavzusidagi 13.00.04 – “Jismoniy tarbiya, sport mashg'ulotlari, sog'lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligida pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishni maqsad qilgan.
Professional bokschimiz shu maqsadda himoyaga taqdim etilgan dissertaciya ishining ilk himoyasidan muvaffaqiyatli o'tib oldi.





