
U Olimpiadadagi ilk jangini amerikalik Delante Jonsonga qarshi o'tkazdi va 1:4 hisobida yutqazib qo'ydi.
SHu tariqa, Qozog'istonning Olimpiadalardagi -69 kg vazn toifasidagi g'alabali seriyasi yakuniga etdi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Bobousmon Baturov himoya qilmoqda.
Malumot uchun, 2004 yildan buyon Olimpiya o'yinlarida -69 kg vazn toifasida faqat qozog'istonlik bokschilar chempion bo'lib kelishardi.
Yodingizda bo'lsa, 2016 yilgi Olimpiya o'yinlari finalida Daniyar Eleussinov SHahram G'iyosovni mag'lubiyatga uchratib, oltin medalga ega chiqqandi.
SHohjahon Ergashev Daniyar Eleusinovni jangga chorladi, Olimpiada chempioni esa bunga javob qaytardi