SportUz.Tv

Top yarim engil vaznlilar UFC Fight Night 269 turnirining asosiy jangida oktagonga chiqadi + POSTER

17.01.2026 16:30    


Rasmni yuklab olish

14 mart kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadigan UFC Fight Night 269 turnirining asosiy jangi tasdiqlandi.

Tashkilot amerikalik va argentinalik o'rtasidagi qarama-qarshilikni rasman elon qildi. 40 yoshli Josh Emmett so'nggi besh jangida atigi bir marta g'alaba qozongan. Hakamlarning yakdil qarori bilan Leron Myorfiga, tirsak zarbasi evaziga esa Yussef Zalalga yutqazib qo'ygandi. U ketma-ket ikki mag'lubiyat bilan oktagonga qaytmoqda. 

24 yoshli Kevin Valexos esa, aksincha, tashkilotda mag'lubiyatsiz bormoqda. U ketma-ket uchta jangda zafar quchgan. Avvaliga Sen Vu CHoy texnik nokautga uchratildi. Keyin Denni Silvani hakamlarning yakdil qarori bilan taslim etdi. Oxirgi jangida esa Giga CHikadzeni nokautga uchratdi.

Ayni damda Emmett va Valexos UFC yarim engil divizioni reytingida mos ravishda o'n birinchi va o'n uchinchi o'rinlarni egallab turibdi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: