SportUz.Tv

Jon Jons 2027 yilda og'ir vaznda chempioni bo'lishi mumkin bo'lgan jangchini aytdi

10.02.2026 09:30    


Rasmni yuklab olish

UFC sobiq chempioni Jon Jons o'z shogirdi erkin kurash bo'yicha Olimpiada g'olibi bo'lgan vatandoshi Geybl Stiveson 2027 yildayoq og'ir vaznda UFC chempioni bo'lishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

"Geybl kelasi yilning o'zidayoq UFC kamari uchun kurashishi mumkin. Bu yigit UFC bilan shartnoma imzolagan zahoti, uni hech narsa to'xtata olmaydi.

U zarba bera oladi, deb o'ylayman. Hozircha zarba texnikasi — uning zaif nuqtasi. Lekin kurash mahorati shunchalik yuqoriki, go'yo meyordan oshib ketgan. Uning teykdaunlarini to'xtatib bo'lmaydi, graund-end-paund juda samarali, u doim tanasi qaerda ekanini aniq biladi. Unda g'alaba qozonish uchun kerak bo'lgan hamma narsa bor.

Hozir bizda Geybl bilan UFC’dan tashqarida ham maqsadlar bor. Biz uning UFC’ga kelganida o'zini ko'rsatishini, o'ziga bo'lgan ishonchida hech qanday shubha qolmasligini xohlaymiz", — deya Jonsning so'zlarini keltiradi MMA Mania portali.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: