SportUz.Tv

Iqboljon Xoldarov keyingi jangi, prof boksdagi faoliyati, Havasbek Asadullaev bilan raqobat hamda boksda "tanka" muhimligi haqida fikr bildirdi (FOTO)

12.02.2026 08:12    


Rasmni yuklab olish

Superyarim o'rta vazn toifasidagi bokschimiz, havaskor boksda jahon chempionati sovrindori, Osiyo o'yinlari g'olibi Iqboljon Xoldarov Instagram sahifasi orqali bir qator savollarga javob qaytardi.

— Sizning vazningizda birinchi raqamli bokschi Havasbek Asadullaev bo'ldimi?

"Hamma shunday deb o'ylaydi, lekin hech kim kutmagan odam birinchi raqam bo'lib qoladi".


— Yana qachon jang qilasiz?

"In SHa Alloh, 17 yoki 18 aprel kuni".


— Professional boksga qachon to'liq o'tasiz?

"Katta ehtimol bilan endi faqat prof boksda tushsam kerak. Yaqinda yanada aniqroq javobni aytaman".


— O'zbekiston chempionatidagi final jangingiz haqqoniy bo'ldimi? Fikringiz qanday?

"Ringda kimning qo'lini ko'tarishsa, o'sha yutgan bo'ladi. Bizga shunday tarbiya bergan ustozlar! "Mening kimligimni el bilsa, bo'ldi", degan qo'shiq bo'lardi".


— Boksda qaerda yaxshi o'sishga erishaman: Andijon yoki Toshkent?

"SHu (Tank) bo'lsa, Afrika ham bo'laveradi".


— Havasbek Asadullaev asli andijonlikku, u bilan munosabatlaringiz yaxshimi?

"Munosabatlarimiz har doim zo'r bo'lgan, atrofidagi bazi odamlar paydo bo'lishidan oldin".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: