
"Men Tommi Xirnsning Marvin Xaglerga qarshi jangini, Kastilo - Korrales o'rtasidagi birinchi jangni, shuningdek, Marko Antonio Barrera va Erik Morales o'rtasidagi qarama-qarshilikni aytgan bo'lardim", - dedi Krouford Edin Rossning podkastida.
Eslatib o'tamiz, Terens Krouford kuni kecha The Ring jurnali tomonidan 2025 yilning eng yaxshi bokschisi deb topilgan edi. Sentyabr oyida u hakamlarning yakdil qarori bilan meksikalik Saul Alvaresni mag'lubiyatga uchratgan va dekabr oyida sportdagi faoliyatini yakunlaganini elon qilgandi. Terens professional ringda birorta ham mag'lubiyat va durang qayd etmagan.
