SportUz.Tv

Ramazon Temirovning vaznida bir nechta o'zgarishlar yuz berdi

05.03.2026 09:18    


Rasmni yuklab olish

UFC o'z reytingini yangiladi.

Jumladan, tashkilotning o'ta engil vazn toifasidagi reytingida bir qator o'zgarishlar sodir bo'ldi.

So'nggi hafta Meksikada o'tkazilgan turnirning markaziy jangida Brendon Morenoni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etgan Loner Kavana ilk bor reytingga kiritildi va oltinchi pog'onaga joylashtirildi.

SHu tufayli etti nafar sportchi egallab turgan o'rinlaridan pastga tushdi, xususan qozog'istonlik Asu Almabaev ham bir o'ringa pastlab, 9-pog'onani band etib turibdi. Doping sabab Ramazon Temirov reytingdan chiqarilgan edi.   

Yangilangan reyting:



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: