SportUz.Tv

Mangu 2 turnirining ikkinchi jangi ham elon qilindi + POSTER

05.03.2026 11:33    


Rasmni yuklab olish

Xabar berganimizdek, 25 aprel kuni poytaxtimizdagi "Humo Arena" majmuasida MMA bo'yicha Mangu 2 turniri o'tkaziladi.

Tashkilotchilar tomonidan ushbu oqshom uchun ikkinchi jang elon qilindi. Unda o'ta engil vazn (61 kg) toifasi vakillari — ozarbayjonlik Farid Alibabazade (13-9-1) hamda hamyurtimiz Faxriddin Jumaev oktagonda o'zaro hisob-kitob qilib oladi. Jumaev MMAdagi faoliyati davomida 8 g'alaba, 3 mag'lubiyat, Alibabazade esa 13 g'alaba, 9 mag'lubiyat va 1 durang qayd etgan.  

Avvalroq, promoushen o'zbekistonlik 31 yoshli taniqli aralash yakkakurash ustasi Furqatbek Yoqubov (17-4) va tojikistonlik Ayyom Xabirovning jangini elon qilgan edi. 

Eslatib o'tamiz, Furqatbek Yoquboq Liganing ilk turnirida ham ishtirok etgan va braziliyalik Nildo Nasimentoni ikkinchi raundda nokautga uchratgan edi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: