
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi faoliyatidagi qaysi jangni eng qiyin deb bilishini aytdi.
— Faoliyatingdagi eng qiyin jang qaysi?
— SHubhasi, Xabib Nurmagomedovga qarshi kechgan jang, — dedi Getji N3on YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o'tamiz, Jastin va Xabib 2020 yilning 24 oktyabr kuni Abu-Dabi (BAA) yaqinidagi Yas orolida bo'lib o'tgan UFC 254 turnirida o'zaro oktagonda to'qnash kelishgandi. Besh raundlik jangning ikkinchi raundida rossiyalik chempion raqibini bo'g'ish usuli bilan mag'lub etgandi. Nurmagomedov uchun bu faoliyatidagi 29-g'alaba bo'lgandi. Jang tugagach, Xabib aralash yakkakurashlardagi faoliyatini yakunlashini elon qilgan edi.
