
"25 aprel kuni Kongo Demokratik Respublikasida bo'lib o'tadigan Mayk Tayson va kichik Floyd Meyvezer o'rtasidagi jang haqida ko'p gapirildi, ammo tomonlarning rejalaridan xabardor manbaga ko'ra, bu jang aynan shu sanada o'tkazilmasligi aniq.
Jang kechroq muddatga ko'chiriladi. Ushbu bahs Kongoda o'tkazilishi aytilgan bo'lsa-da, lekin bu xabar ham hali 100 foiz rasmiy tasdig'ini topgani yo'q", - deb yozdi Rafael ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Floyd Meyvezer ringga qaytganidan so'ng 2026 yilda uchta jang o'tkazishni rejalashtirgandi: Myak Tayson, greciyalik kikbokschi Mayk Zambidis va filippinlik afsona Menni Pakyao bilan.
