SportUz.Tv

Maxachev Topuriyaga qarshi jangga tayyorligini aytdi

13.02.2026 11:51    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vaznda UFC chempioni Islam Maxachev Serbiyaga tashrifi chog'ida mahalliy jurnalistlarga engil vazn toifasida UFC chempioni Iliya Topuriyaga qarshi jang o'tkazishga tayyorligini malum qildi.

Biroq bu jang qaysi vaznda bo'lishiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq, 34 yoshli rossiyalik engil vaznga qaytish uchun hech qanday sabab ko'rmayotganini aytgan edi. 29 yoshli Topuriya Maxachev kabi ikki vazn toifasida UFC chempioni hisoblanadi. Yaqinda Topuriya rafiqasi Jorjina Uzkategi bilan ajrashish shartlari bo'yicha kelishib olgandi. Uning yozda oktagonga qaytishi kutilmoqda.

"Menga bu g'oya yoqadi, - dedi Maxachev Serbiyaning Telegraf nashriga Topuriyaga qarshi jang haqida bergan intervyusida. - Agar UFC bu jangni xohlasa, u amalga oshadi. MMA muxlislari bu jangni xohlashlarini bilaman. Men tayyorman.

Maxachev navbatdagi jangi haqida gapirar ekan, hozirda UFC’dan jang sanasi va raqib ismi haqida malumot kutayotganini malum qildi.

"Mening divizionimda chempionlik uchun kurashishga loyiq bo'lgan ko'plab davogarlar bor. UFC tez orada navbatdagi raqibimni aytishi kerak. SHu xolos. Men shunchaki kutyapman", - dedi chempion.

SHuningdek, Islam Ramazon oyidan keyin navbatdagi jangga tayyorgarlikni boshlashini, yozda oktagonga qaytishga tayyorligini va shu yilning iyun oyida Oq uyda bo'lib o'tadigan katta turnirda ishtirok etishini istisno qilmasligini aytdi.

"Ha, bu men navbatdagi jangimni o'tkazadigan maydon bo'lishi mumkin, - dedi Maxachev Oq uydagi jang haqida. - Ramazon oyida mashg'ulot o'tkazmayman, keyin asta-sekin tayyorgarlikni boshlayman. Oq uyda yoki boshqa turnirda jang o'tkazishga tayyorman".



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: