SportUz.Tv

Xoakin Bakli: "SHavkat Rahmonovni UFC’da boshqa hech qachon ko'rmaymiz"

13.02.2026 12:06    


Rasmni yuklab olish

Yarim o'rta vazn (77 kg gacha) UFC reytingida to'qqizinchi o'rinni egallab turgan Xoakin Bakli SHavkat Rahmonov UFC’da boshqa jang o'tkazmasligini malum qildi.

Rahmonov (19-0 MMA, 7-0 UFC)) tizzasidan qayta jarohat olib, operaciya qilindi va kamida to'qqiz oyga safdan chiqdi. Qozog'istonlik 2024 yil dekabr oyida UFC 310 turnirida Ian Garrini mag'lub etganidan beri oktagonga chiqmagan. Yaqinda u yarim o'rta vazn reytingidan chiqarilgandi.

"Nafaqat reytingdan chiqarib yuborish, balki undan butunlay qutulishlari mumkin. CHunki u uzoq vaqtdan beri jang qilmayapti. Yaqinda ikki yil bo'ladi.

Hozir bashorat qilaman: SHavkatni UFC’da boshqa hech qachon ko'rmaymiz. Gap shundaki, u kontentmeyker emas. Sen shunday ishlarni qilishing kerakki, odamlar sening ismingni bilishi lozim. Lekin har safar sen haqingda eshitganimizda, bu qandaydir salbiy narsa bo'lib chiqmoqda. Vaziyat shu darajaga boradiki, muxlislar qiziqmay qo'yadi. SHunchaki SHavkatni unutishadi, bunga vada beraman. UFC bundan keyin nima qilishini bilasizmi? Uni Qozog'istonga qaytarishadi", - deya Baklining so'zlarini keltiradi MMA Junkie nashri.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: