SportUz.Tv

Maks Xollouey Maxachev bilan jang o'tkazishga tayyorligini aytdi

05.03.2026 14:21    


Rasmni yuklab olish

Yarim engil vaznda sobiq UFC chempioni, amerikalik Maks Xollouey tashkilot yulduzi rossiyalik Islam Maxachev bilan jang o'tkazishga tayyorligini malum qildi.

"Mendan kimga qarshi o'zimni va mahoratimni sinab ko'rishni xohlashimni so'rashdi. Xabib Nurmagomedov bilan jang qilish imkoniyatini qo'ldan boy berdik, endi Islam - navbatdagi katta yulduz. Bu qiziqarli jang bo'lardi", - deya Xolloueyning so'zlarini keltirmoqda UFC matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, 8 mart kuni Las-Vegas (AQSH) shahrida bo'lib o'tadigan UFC 326 turnirida Xollouey braziliyalik sobiq chempion CHarlz Oliveyra bilan revansh jangini o'tkazadi. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: